Linux Mintda E-IMZO o’rnatish

E-IMZO logotipi

Rasmiy saytdan Linux uchun E-IMZO yuklab oling.

E-IMZO yuklab olish

Arxivni chiqarib oling va E-IMZO katalogini uy direktoriyasiga ko’chiring.

Arxivni chiqarib olish

E-IMZO.sh faylini matn muxarririda oching, else va java -jar E-IMZO.jar satrlari orasiga cd ~/E-IMZO satrini kiriting va faylni saqlang.

E-IMZO faylini tahrirlash

E-IMZO.sh faylida sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va Xususiyatlar (Properties) bandini tanlang.

E-IMZO.sh faylining xususiyatlari

Huquqlar (Permissions) oynasiga o’ting va Ijro ettirish: Dastur sifatida ijro ettirishga ruxsat berish (Execute: Allow executing file as program) bayroqchasini belgilang.

Ijro ettirishga huquqlar

Fayl tizimida media katalogini toping, unda sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va Root sifatida ochish (Open as Root) bandini tanlang.

Root sifatida ochish

DSKEYS katalogini yarating va unga elektron raqamli imzo kalitlar fayllarini qo’ying.

ERI kalitlar fayllari

ERI kalitlar fayllarining xususiyatlarini oching va Huquqlar (Permissions) oynasida o’qish uchun ruxsat mavjudligiga ishonch hosil qiling.

O'qish uchun huquqlar

Bosh menyu orqali Parametrlar (Preferences) > Avto-yuklanuvchi dasturlar ishga tushiring.

Avto-yuklanuvchi dasturlar ilovasini ishga tushirish

belgisini bosing va Maxsus buyruq bandini tanlang.

Avto-yuklanuvchi dasturlarga qo'shish

Nom satrida E-IMZO kiriting, bosing va E-IMZO.sh faylini tanlang, Avto-yuklanishda kechikish satrida 10 soniya qiymatini kiriting va bosing.

Avto-yuklanuvchi dasturlarni o'zgartirish

Tishli g’ildiraklar tasvirlangan tugmani bosib E-IMZO ishga tushiring.

E-IMZO ishga tushirish

Treyda E-IMZO belgisi paydo bo’ladi. Unda sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va https://127.0.0.1:64443/ ochish (Открыть https://127.0.0.1:64443/) bandini tanlang.

Treydagi E-IMZO belgisi

Firefox brauzeri ehtimol xavfsizlik tahdidi haqida ogohlantirishi bilan ishga tushiriladi.

Ehtimol xavfsizlik tahdidi haqida ogohlantirish

() bosing, keyin () bosing.

Xavfni qabul qilish va davom ettirish

Brauzerning E-IMZO bilan ishlash uchun muvaffaqiyatli sozlanganligi haqida xabar paydo bo’ladi.

Brauzerning E-IMZO bilan ishlash uchun muvaffaqiyatli sozlanganligi haqida xabar

Izoh qoldirish